15 iyu 11:59
Yangiliklar
Futbol
Arslanmirat Amanov: "O'zbekiston bilan ikkinchi taymda ko'prog'iga loyiq edik"
Turkmaniston terma jamoasi etakchisi, tajribali futbolchilardan biri Arslanmirat Amanov O'zbekistonga qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.
"Umuman olganda, yaxshi o'yin o'tkazdik. Yigitlar borini berdi. Kuchli raqibga qarshi munosib o'ynadik, deb o'ylayman.
Ikkinchi taymda vaziyatlarimiz ko'p bo'ldi. Biz ko'prog'iga loyiq edik, lekin xatolarimiz tufayli gol o'tkazib yubordik. Baribir tajribada biroz farq sezildi.
Zaxiradan tushganimni sababi ko'p vaqt mashg'ulot o'tkazmagan edim. Murabbiylar barchaga imkoniyat berib ko'rib olishdi", – deydi Arslanmirat Amanov.
Havola :
Manba : championat.asia
O’xshash yangiliklar
17:24
Havasbek Asadullaev Qozog'iston tarkibiga o'tgan terma jamoamiz sobiq bokschisi bilan jang qildi 0
Fikrlar