20 iyu 11:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahodir Jalolov prof ringdagi ikkinchi jangiga tayyor
Xabar berib o'tganimizdek, 22 iyul kuni tongda professional bokschimiz Bahodir Jalolov amerikalik Kurtis Xidga qarshi jang qiladi.
Milliy olimpiya qo'mitasi Matbuot va Media departamenti bokschimizning jang oldidan fikrlari bilan qiziqdi.
"Jangga tayyorgarlik yuqori saviyada tashkil etildi. Ishonch bilan ayta olamanki, bahsga tayyorman. Ringga faqat bitta maqsad bilan chiqaman - g'alaba qozonish! O'zbekiston bayrog'ini yuqori ko'tarib, yurtdoshlarimizni xursand qilmoqchiman", - dedi Jalolov.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar