04 noy 23:29
Yangiliklar

Belgrad. Hozircha Rossiyada ikki nafar finalchi va bir yo'qotish bor
Rossiyaning 5 nafar bokschisi yarim finalga yo'l olgan edi. Hozircha ularning uch nafar vakili ringga ko'tarildi. SHulardan ikkitasi final yo'llanmasini naqd qildi va bir bokschi bronza medali bilan cheklandi.
-75 kg vazn toifasidagi Jambulat Bijamov tailandlik Verapon Jongjoxoni muddatidan avval mag'lub etdi. Ikkinchi raundda Jongjoxoning murabbiylari referidan jangni to'xtatishni so'rab ringga sochiq otdi.
Bijamov finalda kubalik Ernandez Yoenlis bilan to'qnash keladi.
CHorak finalda tailandlik bokschiga hamyurtimiz Saidjamshid Jafarovning g'alabasi berib yuborilgan edi.
+92 kg vazn toifasidagi Mark Petrovskiy Trinidad va Tabago vakili Paul Nigelni yarim finalda qoldirib ketdi. Petrovskiy chempionlik uchun armanistonlik David CHalayonga qarshi jang qiladi.
-51 kg vaznli rossiyalik Axtem Zakirov esa AQSH bokschisi Rosko Hillga 5:0 hisobida imkoniyatni boy berdi va bronza medalini qo'lga kiritdi.
Fikrlar