23 iyu 08:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Besh nafar bokschimiz Qozog'istondagi turnirda yarim finalga chiqdi
Qozog'istonning Balhash shahrida boks bo'yicha o'smirlar o'rtasida Amanbek Makanaliev, Erlan Nokirbekov va Janat Satenovlar xotirasiga bag'ishlangan VIII xalqaro turnir bo'lib o'tmoqda.
Musobaqada O'zbekiston, Mo'g'uliston, Rossiya, Qirg'iziston, Tojikiston va Qozog'istonning 200 nafardan ortiq charm qo'lqop ustalari sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishmoqda.
Bellashuvlarda o'zbekistonlik yosh bokschilar muvaffaqiyatli ishtirok etmoqdalar. CHorak final janglarida SHoxrux Ro'ziboev (-44kg), Dilshod Abduvaliev (-46kg), Ruslan Abdullaev (-57kg), Login Petrov (-66kg), SHohjahon Abdullaev (-80kg) kabi bokschilarimiz raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, final yo'llanmasi uchun ringga chiqish imkoniyatiga ega bo'lishdi.
Musobaqa davom etmoqda.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar