06 iyu 12:18
Yangiliklar
Boks/MMA
Beybut SHumenov Xizni Altunkayya bilan ko'z urishtirdi
Ertaga Qozog'istonning Astana shahrida professional boks kechasi o'tkaziladi.
Oqshomning markaziy jangi birinchi og'ir vazn toifasida vakant bo'lib turgan WBA (Regular) chempionlik kamari uchun kechadi. Unda ikki vaznda sobiq jahon chempioni qozog'istonlik Beybut SHumenov turkiyalik bokschi Xizni Altunkayyaga qarshi ringga ko'tariladi.
Ertangi jang oldidan bokschilar o'zaro ko'z urishtirish marosimida ishtirok etishdi. SHumenov 2017 yilning iyun oyida ko'zidagi muammo sabab boksdan ketishini elon qilgandi. Lekin oradan bir yil o'tib, u faoliyatini qayta tikladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar