14 iyu 11:00
Yangiliklar
Bob Arum: “Pakyaoga Krouford bilan jang o'tkazishni maslahat bermayman”
Lekin shuning barobarida Arum Pakyaoga bu jangda ishtirok etmaslikni ham maslahat bergan. Bob filippinlik 39 yoshli Mennini o'tgan hafta WBO chempionlik kamarini qo'lga kiritgan Krouford bilan tengma-teng jang qila olmasligini aytgan.
“O'ylashimcha, Menni bu jangga rozilik bersa, faoliyatidagi eng noto'g'ri qarorlardan birini qabul qilgan bo'ladi. U hozir Kroufordga qarshilik ko'rsatadigan darajada emas. Lekin agar u bu jangni xohlasa, men tashkil etishga tayyorman”, — degan Arum The Manila Times nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yakshanba kuni amerikalik Terens Krouford avstraliyalik Jeff Xornni muddatidan avval mag'lubiyatga uchratib, raqibiga tegishli WBO chempionlik kamarini qo'lga kiritgandi. Xorn ushbu kamarni aynan Menni Pakyaodan tortib olgandi.
Fikrlar