01 iyu 17:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks. Asakadagi xalqaro turnirda Andijon jamoasi birinchi bo'ldi
Andijonning Asaka shahrida boks buyicha kattalar o'rtasida "Oltin vodiy" xalkaro turniri bo'lib o'tdi.
Ushbu musobaqada O'zbekistondan turli jamoalar, shuningdek, Qirg'iziston, Tojikiston, Kozog'iston, Malayziya kabi mamlakatlardan tashrif buyurgan charm qo'lqop ustalari ham ishtirok etishdi.
100 nafardan ortiq sportchi ishtirok etgan musobaqada Andijon bokschilari birinchi o'rinni qo'lga kiritishdi. Ikkinchi pog'onadan Farg'ona viloyati jamoasi joy olgan bo'lsa, uchinchi o'rin Qirg'iziston terma jamoasi azolariga nasib qildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar