13 iyu 10:48
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/40306_220.jpg)
Boks. Marg'ilonda jahon chempionati sovrindori “master klass” o'tkazdi FOTO
Farg'ona viloyati Marg'ilon shahridagi 2-Bolalar-o'smirlar sport maktabida yosh bokschilar uchun master-klass, yani mahorat saboqlari o'tkazildi.
O'zbekiston chempioni, sport ustasi Farhod Normatov, shu yili Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o'tgan yoshlar o'rtasida jahon chempionatining bronza medali sovrindori, Osiyo chempioni Yahyobek Sadixonov ushbu maktabning boks bo'limi tarbiyalanuvchilari mahorat saboqlarini o'tib berishdi.
Unda 2005-2006 hamda 2007-2008 yillarda tug'ilgan istedodli bokschilar ishtirok etib, boksga oid bilimlarini oshirib olishdi. Bu kabi mahorat saboqlari mamlakatimizning boshqa hududlarida ham o'tkazilyapti.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar