26 iyu 18:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschilarimiz Qozog'istondagi musobaqada 5ta medal qo'lga kiritishdi
Balhash shahrida boks bo'yicha o'smirlar o'rtasida Amanbek Makanaliev, Erlan Nokirbekov va Janat Satenov xotirasiga bag'ishlangan musobaqa yakuniga etdi.
Xalqaro turnirda O'zbekiston, Mo'g'uliston, Rossiya, Qirg'iziston, Tojikiston va Qozog'iston kabi mamlakatlarning 200 nafardan ziyod yosh bokschilari ishtirok etishdi.
Bahslarda ringga chiqqan bir qator bokschilarimiz sovrindorlar qatoridan o'rin olishdi. -46kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Dilshod Abduvaliev oltin medalni qo'lga kiritdi. SHohruh Ro'ziboev (-44kg), Ruslan Abdullaev (-57kg), Login Petrov (-66kg) kumush, SHohjahon Abdullaev (-80kg) esa bronza medali sohibiga aylandi.
CHarm qo'lqop ustalarimizdan Ruslan Abdullaev “Eng yaxshi texnika”, Login Petrov esa “G'alabaga bo'lgan irodasi” uchun maxsus sovrinini qo'lga kiritishdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar