23 iyu 15:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschimizni hakamlar yordamida mag'lub etgan Postol bugun kamar uchun jang o'tkazadi
Bugun SHotlandiyaning Glazgo shahrida professional boks kechasi o'tkaziladi.
Oqshomning markaziy jangida birinchi yarim o'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Viktor Postol (29-1, 12KO) shotlandiyalik 27 yoshli Josh Teylor (12-0, 11KO)ga qarshi ringga ko'tariladi.
Jang 63,5 kg vazn toifasida o'tkazilib, g'olib bokschi WBC Silver chempionlik kamari sohibiga aylanadi. Ikkala bokschi ham vazn o'lchash marosimida bir xil 63,3 kg tosh bosishdi.
Etiborlisi, o'tgan yili ukrainalik 34 yoshli Postol Kiev shahrida hamyurtimiz Jamshid Najmiddinovga qarshi jang o'tkazgan edi. O'sha jangda Postol ikki bor (birida chuqur) nokdaun holatiga tushib qolgan bo'lsa-da, yakunda hakamlar g'alabani mezbon bokschiga taqdim etishgandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar