10 iyu 12:49
Yangiliklar
Boks/MMA

CHempion Santa Krus "odiiy" chempionning kamarini tortib oldi
Toshkent vaqti bilan bugun tong saharda AQSHning Los-Anjeles shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangi yarim engil vazn toifasida o'tkazilib, unda WBA Super chempionlik kamari sohibi Leo Santa Krus “oddiy” WBA chempioni Abner Maresga qarshi ringga ko'tarildi.
O'n ikki raundlik jang yakunida Santa Krus hakamlarning bir ovozdan bergan bahosi 117-111, 116-112, 115-113 hisobiga ko'ra g'alaba qozonib, chempionlik kamarlarini birlashtirib oldi. Leo 2015 yilda ham Maresni mag'lub etgan edi.
Havola :
Fikrlar