So’nggi yangiliklar

20:11Ўзбекистон Осиё чемпионати 1/2 финалига чиқиш баробарида Жаҳон чемпионати йўлланмасини ҳам қўлга киритди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:43Тоғли Дукентда машғулотлар жадал суратда давом этмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 18:22Миллий терма жамоамиз Мужу Гран-При Челленжерида иштирок этади 0 18:01Туркманистон терма жамоаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келади? 0 17:40Sinquefield Cup 2025. Нодирбек Абдусатторов яна очко олди 0 17:19Спорт вазири ўринбосари "Содиқ хизматлари учун" медали билан тақдирланди 0 16:58Нурсултон Рўзибоев Хамзат Чимаевнинг жамоасидаги машғулотлари ҳақида гапирди 0 16:37Манба: Ўзбекистон МТЖ янги бош мураббийи масаласи тез орада ҳал бўлади 0 16:16Рамазон Темировнинг укаси ATFC турнирида жанг қилади 0 15:55Чунгвон Чой Бутунжаҳон таэквондо федерацияси Президентлигига ягона даъвогар сифатида кўрсатилди 0 15:34LFA билан шартнома имзолаган Азизбек Темиров кейинги жангини Тошкентда ўтказади 0 15:13Расман: CAFA мусобақаси тақвими тақдим этилди 0 14:52Исроил Мадримов: "Баҳона йўқ, ўша куни Ортис кучлироқ бўлганди" 0 14:31Бутунжаҳон ўсмирлар Олимпиадасида муваффақиятли иштирок этган шахматчиларимиз муносиб кутиб олинди 0 14:10IBF чемпиони Опетая оғир вазнга ўтиши мумкин 0

03 noy 20:27
Yangiliklar

Boks/MMA

Davron G'ofurov: Abdumalik o'zbek boksining pala-partish emas, chiroyli tomonlarini ko'rsatmoqda

Abdumalik Xalakov jahon chempionatida chiroyli va ishonchli g'alabalari bilan boks muxlslarining qalbini zabt etmoqda.

Olamsport.com sayti bokschimizni bugungi darajasiga olib chiqqan, lekin ko'pchilikning etiboridan chetda qolib ketayotgan murabbiyi - Davron G'ofurov bilan kichik intervyu tashkil qildi.

- Bazi bokschilarimizga bo'lgan nohaqliklar Abdumalikning ruhiyatiga tasir o'tkazmayapti? Sizda shogirdingizga nisbatan nohaqlik bo'lishi mumkin degan qo'rquv yo'qmi?

- Allohga shukur, hammasi yaxshi. Hakamlar g'alabani raqibga berib yuboradi degan qo'rquvimiz yo'q. Agar qo'rquv bo'lganida biz bu chempionatga kelmagan bo'lardik. Biz maksimal darajada harakat qilamiz, rejamiz bo'yicha hammasi yaxshi bo'ladi, In SHa Alloh.

- Abdumalik Osiyo chempionatidagi nohaqlikdan so'ng o'zini qanday his qildi?

- Bu esimizdan ham chiqib ketgan. Hamma biladi, Xalakov g'alaba qozongandi. Agar "protest" berilganida, g'alaba bizga qaytarilar edi. CHunki aniq zarbalar Abdumalikda ko'proq bo'lgan. Biz uni 5-6 martadan qayta sanab chiqdik. O'shanda bosh murabbiyimiz "protest" berganida, balki boshqacha bo'lardi. CHunki 10 nafar boskchimiz yarim finalga chiqan edi. SHularga zarar bo'lmasin, deya protest bermaymiz deyishgandi.

Abdumalik o'zini endi ko'rsatadi. In SHa Alloh, ertaga va 5 noyabr kuni yana ham chiroyli janglar namoyish qiladi degan umiddamiz. 

- Ring oldida o'ziningizni juda og'ir-bosiq tutasiz. Faqat ring oldida shundaymisiz yoki tabiatan og'ir bosiqmisiz?

- Ring chetida baqir-chaqir qilish bolaga juda katta tasir qiladi. Bu o'zi umuman noto'g'ri ish. Biroz bo'lsa ham xotirjam o'tirish kerak. Sababi ringdagi shogirdingiz sizni eshitishi lozim. Baqir-chaqir, qarsak chalishlar bilan boks tushayotgan bolaga halaqit qilish mumkin. Avvallari AIBA qoidalariga ko'ra, murabbiy ortiqcha shovqin qilsa, ogohlantirish berilardi, bokschini ringdan chiqarib yuborishardi. Hozir bunday narsalar yo'q. Baqirish noto'g'riligini uzoq yillik faoliyatimdan bilaman. 

Abdumalik baqir-chaqir qilib gapirilsa hech kimni eshitmaydi. Men esa buni yaxshi bilaman. U bilan birga O'smirlar olimpiadasiga, jahon chempionatiga bordik. Orttirgan tajribamdan kelib chiqib oldinga bor desam, oldinga harakat qiladi, ko'proq himoyaga ishla desam, himoyalanadi. Ring tashqarisidan turib bergan ko'rsatmalarimning 80% ini bajaradi. Aytmoqchimanki, shovqin qilish bilan hech narsa o'zgarmaydi. Murabbiy o'zini biroz bosib olishi kerak. Hamma gaplarni, shovqinlarni mashg'ulot jarayonida qilish kerak. Bu erga kelib o'z mahoratini ko'rsatishi lozim. Bu mening shaxsiy fikrim. SHuning uchun ring oldida o'zimni bosiq tutishga harakat qilaman. Bu narsa hakamlarning etiroziga sabab bo'lishi mumkin, yutqazayotgandek taassurot qoldirgan holda g'alabani raqibga berib yuborishi hech gap emas. O'zingizga ishongan holda o'tirsangiz, biladi, bu o'ziga ishonyapti deb o'ylab qaror chiqaradi. Bunday vaziyat faoliyatimda ko'p uchragan.

Abdumalik Xalakovning muxlislari endi ko'paymoqda. Lekin Abdumalik o'zbek boksini pala-partish emas, chiroyli tomonlarini ko'rsatmoqda deb o'ylayman. Bu bizning maktabimiz. Abdumalikdan tashqari o'smirlar o'rtasida respublika chempioni – Javohir Mirzajonov, yoshlar o'rtasida Samandar Olimov kabi shogirdlarim bor. Ular Abdumalik akasidan namuna olishmoqda. Deyarli barcha shogirdlarim bir-birlariga o'xshashadi. Xalqimiz duo qilib tursa, biz yurtimizga oltin medal olib borishga harakat qilamiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

   
04 noy 14:45:55
Jonny
Haqiqatdanam ushbu bokschini uslubiga tan berdim. Pala-partishlik, keraksiz zarbalar deyarli yoq. Faqat buyogiga raqiblar ham nisbatan kuchli, himoyani mustahkamlash kerak. Oziniga ishonchi ota balandligidan qollarini pasga tushirib urisharkan
   
03 noy 21:30:30
Dostonbek Tursunboyev
Xatyabi o'zilarni saytilarni to'g'ri yozishni o'rganilar. " olamsprt.com"
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing