05 avg 08:42
Yangiliklar
Boks/MMA
Dima Bivol chempionlik kamarini himoya qildi
Bizning vaqt bugun tong saharda AQSHning Nyu-Jersi shtati Atlantik-Siti shahrida professional boks kechasi tashkil etildi.
Oqshomning qiziqarli janglaridan birida yarim og'ir vazn toifasida WBA chempioni rossiyalik 27 yoshli Dmitriy Bivol (14-0, 11KO) malaviylik 31 yoshli Ayzek CHilemba (25-6-2, 10KO)ga qarshi ringga ko'tarildi.
O'n ikki raundga mo'ljallangan jang g'olibi ochkolar hisobga ko'ra aniqlandi. Yakunda hakamlar bir ovozdan jangda sezilarli tashabbusga ega bo'lgan Bivolning 120-108, 120-108, 116-112 hisobidagi g'alabasini taminlashdi. Bivol chempionlik kamarini himoya qilish barobarida mag'lubiyatsiz seriyasini 14ta jangga etkazib oldi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar