03 iyu 10:08
Yangiliklar
Boks/MMA
Fyodor Emelyanenkoning raqibi hamda jang sanasi malum
Aralash qoidalar bo'yicha rossiyalik mashhur sportchi Fyodor Emelyanenko navbatdagi jangini oktyabr oyida o'tkazadigan bo'ldi.
Fyodor Bellator tashkiloti Gran-Pri turnirining yarim final jangida oktagonga ko'tariladi. Og'ir vazn toifasida o'tkaziluvchi ushbu jangda Emelyanenkoga CHel Sonnen raqiblik qiladi.
Bu malumotni Bellator tashkiloti prezidenti Skott Koker ham tasdiqladi. Ikkinchi yarim final jangida esa Rayan Beyder hamda Mett Mitrion o'zaro to'qnash kelishadi. SHu hafta oxirlarida jangning aniq sanasi va manziliga oydinlik kiritiladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar