05 avg 09:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Ikki sobiq jahon chempionlari jangida Berto g'alaba qozondi
Professional boksning yarim o'rta vazn toifasida sobiq jahon chempionlari o'rtasidagi qiziqarli jangda Andre Berto g'alabaga erishdi.
O'ttiz to'rt yoshli Berto hakamlarning qaroriga ko'ra 31 yoshli Devon Aleksandrdan ustun keldi. Aleksandr uchinchi raundda raqibini nokdaun holatiga tushirib qo'ygandi.
Lekin shundan so'ng oyoqqa turib olgan Berto tashabbusni o'z tomoniga og'dirib oldi va yakunda g'alaba qozondi. Hakamlardan ikki nafari 115-112, 115-112 hisobidagi g'alabani Andrega berishdi. Uchinchi hakam esa 114-113 hisobida Devon g'alaba qozondi deb topdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar