13 iyu 11:41
Yangiliklar
![](/upload/storage/40310_220.jpg)
Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni qo'lqoplarini mixga ildi
Britaniyalik 37 yoshli bokschining bunday qarorga kelishiga so'nggi ikki jangida mag'lubiyatga uchragani sabab bo'ldi. Xey 5 may kuni birinchi og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Toni Belyuga qarshi kechgan revansh jangida ham imkoniyatni boy bergandi.
Kecha Devid o'zining rasmiy saytida faoliyatini rasman yakunlaganini elon qildi.
“Bolalikdagi orzuimga erishganimdan xursandman. Boksni tanlaganimdan aslo afsuslanmayman. Lekin o'z vaqtida ketishni ham bilish kerak. Faoliyatim davomida ikki vaznda jahon chempioni bo'ldim. Kelajakda nima bilan shug'ullanaman? Hozircha bu haqda o'ylamadim”, - dedi Xey.
Malumot uchun, Devid Xey professional boksdagi faoliyatini 2002 yilda boshlagan. 2007 yilda Parij shahrida Jan-Mark Mormekni nokautga uchratib, WBA va WBC chempionlik kamarlarini qo'lga kiritdi. Keyin esa Enco Makkarinellini engib, WBO yo'nalishi bo'yicha jahon chempioniga aylandi. 2009 yilda esa superog'ir vazn toifasiga ko'tarildi va rossiyalik Nikolay Valuevdan WBA chempionlik kamarini tortib oldi.
Fikrlar