15 avg 14:53
Yangiliklar
![](/upload/storage/43486_220.jpg)
Isroil Madrimov: "Osiyo o'yinlarida umuman boshqa Madrimovni ko'rasiz"
Isroil Madrimov (boks, terma jamoamiz bayroqdori):
"To'rt yil oldin Incheonda o'tkazilgan Osiyo o'yinlarida finalgacha etib borib, yakunda kumush medali sohibi bo'lganman. Janubiy Koreyadagi musobaqa finalida keyinchalik Olimpiada chempioni bo'lgan Daniyar Eleusinovga mag'lub bo'lgandim. Bu safar Daniyar musobaqada yo'q, lekin uning o'rniga boshqa bir qozog'istonlik bokschi bor, shuningdek, vaznimda filippinlik raqib ham kuchli hisoblanadi. O'shanda men endi-endi katta boksga qadam qo'yayotgandim. Hozirgidek tajriba to'rt yil oldin bo'lmagan. Jakartadagi Osiyo o'yinlarida siz umuman boshqa Isroil Madrimovni ko'rasiz. U o'ziga, o'z kuchiga ishonadi. Umid qilamanki, Osiyo o'yinlarida shohsupaning eng yuqori pog'onasidan o'rin olib, yurtdoshlarimizni xursand qilaman", - dedi Madrimov.
Fikrlar