06 noy 13:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Jahon chempionati. 2013 yildagi natija takrorlandi. Bu tariximizdagi eng yomon nechanchi natija?
Kecha bokschilarimiz orasida so'ngi umidimiz Abdumalik Xalakov final jangini o'tkazdi va afsuski, jahon chempionatining kumush medali bilan musobaqani yakunladi.
SHu tariqa, boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bu yilgi jahon birinchiligida 1 tadan kumush va bronza medallariga ega chiqdi. Bu so'nggi to'rtta jahon chempionatidagi eng yomon ko'rsatkich bo'ldi. Terma jamoamiz azolari so'nggi bor 2013 yilda bo'lib o'tgan jahon chempionatida ham 1 tadan kumush va bronzaga ega chiqishgan edi.
Umuman olganda, Belgraddagi natijalarimiz jahon chempionatidagi eng yomon beshinchi ko'rsatkichimiz bo'ldi. 1993 yil (1 ta kumush), 1995 (2 ta bronza), 2011 (2 ta bronza), 2013 (1 ta kumush va 1 bronza) yillarda ham terma jamoamiz hisobida oltin medal bo'lmagan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar