01 iyu 11:22
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/41228_220.jpg)
JCH-2015 finalida Ahmadalievni nohaq mag'lub etgan Konlan prof ringda 8-g'alabasiga erishdi
SHimoliy Irlandiya poytaxti Belfast shahrida professional boks kechasi tashkil qilindi.
Oqshom doirasidagi qiziqarli janglarning birida havaskor boksda irlandiyalik jahon chempioni Maykl Konlan ringga ko'tarildi. U 79-73 hisobida braziliyalik Adeilson Dos Santosni mag'lubiyatga uchratdi. Bu uning professional boksdagi sakkizinchi g'alabasi bo'ldi.
Malumot uchun, Maykl Konlan 2015 yili Qatar poytaxti Doha shahrida o'tgan havaskor bokschilar o'rtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qo'lga kiritgandi. Konlan final jangida hamyurtimiz Murodjon Ahmadalievni hakamning xatosi evaziga mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar