03 iyu 12:06
Yangiliklar
![](/upload/storage/41324_220.jpg)
Jozef Parker: “Joshua Uaylder bilan jangga tayyor emasligini biladi”
Zelandiyalik bokschining fikricha, amerikalik Uaylder ayni paytda WBA, IBF va WBO yo'nalishlari chempioni britaniyalik Entoni Joshuadan kuchliroq ekan.
“Ochig'i, Uaylder - Joshua jangi yuzasidan o'tkazilgan muzokaralarning omadsiz yakunlanganidan xayratga tushdim. Entoni menga qarshi kechgan jang yakunlanishi bilan Uaylderni ringga chorlagandi. O'sha shijoat va mardlikni hozir Joshuada ko'rmayapman.
Aftidan u bu jangga tayyor emasligini tushunib etdi. SHu sababli ham turli yo'llar bilan birlashtiruvchi chempionlik jangidan qochishga urinyapti. Deontey esa Entoniga qarshi bugunoq ringga chiqishga tayyor. Uaylderning bosh maqsadi bu diviziondagi barcha chempionlik kamarlarini o'z qo'lida birlashtirish”, - dedi Parker.
Fikrlar