23 iyu 13:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Klarissa va Kristina chempionlik kamarlarini himoya qilishdi
AQSHning Detroyt shahrida professional boks kechasi tashkil etildi.
Ayol bokschilar o'rtasidagi chempionlik janglari ko'pchilikning diqqat markazida bo'ldi. O'rta vazn toifasida WBC va WBO yo'nalishlari chempioni Kristina Xammer 4ta vaznda sobiq jahon chempioni Tori Nelsonni 100-90, 99-91, 99-91 hisobida mag'lub etdi.
Ikkinchi markaziy jangda ikkinchi o'rta vaznda IBF va WBC chempionlik kamarlari sohibi Klarissa SHilds o'rta vaznda vakant bo'lib qolgan IBF hamda WBA kamarlarini qo'lga kiritdi. U 97-92, 98-91, 97-92 hisobida Xanna Gebrielsdan ustun keldi. Tez orada SHilds va Xammer o'rtasida mutloq jahon chempionligi uchun jang tashkil etilishi mumkin.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar