25 iyu 14:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Klichko Joshua va Uaylderni taqqosladi
Og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko Deontey Uaylder va Entoni Joshualar o'rtasidagi ehtimoliy jang haqidagi fikrlarini bildirdi.
"Har ikki sportchi ham ajoyib, ularning o'z uslubi bor. O'zlariga yarasha ustunliklari mavjud. Ammo, Deontey kabi tezkor bo'lmasada Joshua ushbu jangda ustunroq bo'ladi.
Joshuada havaskor boks bo'yicha ajoyib tajriba mavjud. Bu kelajak uchun muhim poydevor hisoblanadi. Uni ustiga hali yosh, Uaylder esa katta, vaqt uni foydasiga ishlamayapti", - dedi Klichko.
Eslatib o'tamiz, Uaylder va Joshuaning jamoasi ayni paytda jang bo'yicha muzokaralarni davom ettirishmoqda.
Havola :
Manba : ESNEWS
Fikrlar