02 fev 17:49
Yangiliklar
Komiljon To'xtaev Yancin shahriga etib bordi
Pekin-2022 qishki Olimpiya o'yinlarida ishtirok etadigan hamyurtimiz Komil To'xtaev delegaciyamiz joylashgan Yancin shahriga etib keldi.
Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini Italiyada o'tkazgan To'xtaev Apennin yarim orolidan to'g'ri Pekin shahriga keldi. Asosiysi, sportchimiz sog'-salomat va yaxshi kayfiyatda.
“Avvalambor, meni qo'llab turgan davlatimiz va barcha hamyurtlarimizga minnatdorchilik bildiraman. Kayfiyat alo. Endi havoga moslashib olib, mashg'ulotlarni boshlayman”, – deya o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi sportchimiz.
Eslatib o'tamiz, sportchimiz Pekin-2022 qishki Olimpiya o'yinlarida tog' chang'isi bo'yicha yurtimiz sharafini himoya qiladi. U 13 fevral kuni gigant slalom, 16 fevralda esa slalom dasturida o'z chiqishini namoyish etadi.
Fikrlar