12 sen 17:12
Yangiliklar
Konor Benn Rayan Garsiyaga qarshi jang oldidan tarozidan o'tgach, 8 soat ichida deyarli 15 kg vazn yig'di
Ularning jangi ertaga, 13 sentyabr kuni tong saharda AQSHning Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan "Zuffa Boxing" turniri doirasida bo'lib o'tadi.
Kecha kechqurun Konor tarozida 66,2 kg tosh bosgan bo'lsa, bugunga kelib uning vazni 80,9 kg (178,4 funt)ni tashkil etdi. SHuni ham takidlash joizki, bokschilar o'rtasidagi kelishuvda jang kuni qayta taroziga tushish bo'yicha limit belgilanmagan.
AQSH sharafini himoya qilayotgan 27 yoshli Rayan Garsiya 2016 yilda professional faoliyatini boshlagan, 2023 yildan buyon esa yarim o'rta vazn toifasida jang qilib kelmoqda. Garsiya hisobida 24 ta g'alaba (shundan 20 tasi nokaut bilan) va 2 ta mag'lubiyat bor.
Konor esa professional faoliyatini 2016 yil aprel oyida boshlagan. Bennning professional rekordida 25 ta g'alaba (shundan 14 tasi muddatidan oldin) va 1 ta mag'lubiyat qayd etilgan.


Fikrlar