26 iyu 11:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Kris Arreola: “Uaylder Joshuani nokautga uchratadi”
Superog'ir vazn toifasida jahon chempionlik kamarlari uchun sobiq davogar amerikalik Kris Arreola ushbu vaznda o'tkazilishi kutilayotgan birlashtiruvchi chempionlik jangi haqida fikr bildirdi.
Dunyo boks ommasi WBC chempioni Deontey Uaylder hamda IBF, WBO va WBA yo'nalishlari chempionlik kamarlari sohibi Entoni Joshua o'rtasida birlashtiruvchi chempionlik jangini intiqlik bilan kutmoqda. Uaylder 2016 yilda Arreolani muddatidan avval mag'lub etgan edi.
“Uaylder Joshuani nokaut evaziga mag'lub etadi. Men uning yaqindan bilganim uchun aytyapman. Entoni ringda juda ham extiyotkor, har bir qadamini o'ylab bosadi. Deontey esa ortiqcha vaqt sarflamaydi”, - dedi Arreola.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar