16 iyu 07:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Krouford 13 oktyabr kuni jang qiladi, nomzodlar malum
Birinchi yarim o'rta vazn toifasida sobiq mutloq jahon chempioni, ayni paytda yarim o'rta vaznda WBO yo'nalishi chempioni bo'lib turgan Terens Krouford navbatdagi jangini 13 oktyabr kuni o'tkazadi.
Amerikalik bokschi o'tgan haftada avstraliyalik Jeff Xornni muddatidan avval mag'lubiyatga uchratib, raqibiga tegishli bo'lgan WBO chempionlik kamarini tortib olgandi.
Hozirda Terensning promouterlari Kroufordga raqib izlashyapti. Nomzodlar ro'yxatidan Karlos Adames, Xose Benavides, Lukas Matisse, Amir Xan kabi taniqli bokschilar joy olgan.
Havola :
Fikrlar