08 iyu 15:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Krouford va Xorn o'zaro ko'z urishtirishdi
Kelayotgan yakshanba kuni amerikalik Terens Krouford hamda yarim o'rta vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni avstraliyalik Jeff Xorn o'rtasida chempionlik jangi bo'lib o'tadi.
Bo'lajak jang oldidan bokschilar ishtirokidagi so'nggi matbuot anjumani hamda ko'z urishtirish marosimi o'tkazildi. Ko'z urishtirish kutilganidan uzoqroq davom etdi va bokschilar bir-birlari bilan gap jangi qilishga ham ulgurishdi.
Eslatib o'tamiz, Jeff Xorn ushbu chempionlik kamarini filippinlik afsonaviy bokschi, sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni Menni Pakyaoni shov-shuvli tarzda mag'lubiyatga uchratib, qo'lga kiritgan edi.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar