08 iyu 16:52
Yangiliklar
Boks/MMA
Lomachenko: "Linaresga qarshi jangdagi nokdaun men uchun birinchisi emas"
WBA yo'nalishida jahon chempioni hisoblangan Vasiliya Lomachenko Xorxe Linaresdan qabul qilib olgan nokdauni faoliyatidagi birinchisi emasligi haqida gapirdi.
"Linaresdan uchralgan nokdaun men uchun dastlabkisi emas. Havaskorlar o'rtasidagi jangda 2007 yilda ham shunday bo'lgandi. O'shanda ham qattiq zarba o'tkazib yuborgandim.
O'sha vaziyatda biroz bo'shashdim. O'sha zarba, o'sha vaziyat. Raqibga yaqin bordim va shudna ... "BAC"!, - dedi Lomachenko.
Eslatib o'tamiz, Linares jangning oltinchi raundida Lomachenkoni nokdaun holatiga tushirib qo'ygandi. O'ninchi raundda esa Lomachenko raqibini nokautga uchratgan.
Havola :
Manba : Below The Belt
Fikrlar