06 iyu 17:38
Yangiliklar
Futbol
Maldini va Massara "Milan"ni tark etadi
"Milan" texnik direktori Paolo Maldini va sport direktori Frederik Massara "rossoneri" xo'jayini Jerri Kardinale bilan uchrashuvdan so'ng klubni tark etishga qaror qilishdi.
Bu haqda "Football Italia" xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, yig'ilishda keyingi mavsum uchun strategiya belgilanishi kerak edi, biroq muzokaralar juda yomon o'tgan.
Mutaxassislar va "Milan" o'rtasidagi kelishuvlar 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan. 2022/23-yilgi mavsum "Milan" 38 o'yinda 70 ochko jamg'arib, Italiya chempionatini 4-o'rinda yakunladi.
Havola :
Fikrlar