17 iyu 08:40
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/40506_220.jpg)
Meyvezer sportga qaytish haqida o'ylamayapti
Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer yaqin vaqtlar ichida sportga qaytishni rejalashtirmayapti.
"Men juda bandman. Sportdan tashqari ham ishlarim ko'p. Ayni paytda Nyu-Yorkda eng baland binoni quryapman. Ushbu loyiha investori hisoblanaman. Buning uchun o'n xonali pul tikkanman.
Hozirda sportga qaytish haqida o'ylamayapman. Ammo, bir necha haftadan so'ng boshqacha javob berishim ham mumkin. Ikki haftadan so'ng MMAda jang qilmoqchi ekanligimni aytib qolishim mumkin. Men ham oddiy odamman. Ayni paytda bir narsa bilan - pul ishlash bilan bandman", - dedi sobiq bokschi.
Havola :
Manba : BJ Penn
Fikrlar