23 may 15:07
Yangiliklar
Futbol
Mourinyu shaxsiy antirekordini o'rnatdi
"Roma" A Seriyaning 36-turi doirasidagi o'yinda "Salernitana" bilan durang o'ynadi (2:2).
Bu "bo'rilar" A Seriyada (4 ta durang, 2 ta mag'lubiyat) g'alaba qozona olmayotgan qatorasiga 6-o'yin. "Gracenote Live"ning xabar berishicha, bu rimliklar murabbiyi Joze Mourinyu uchun nafaqat ushbu klubdagi, balki butun faoliyatidagi eng yomon seriyadir.
Alohida aytish joiz, portugaliyalik mutaxassis evrokuboklarda hamon yaxshi natijalarga erishmoqda va "Roma"ni Evropa Ligasi finaliga olib chiqqani bilan maqtana oladi.
Havola :
Fikrlar