06 iyu 10:17
Yangiliklar
Nigeriya kompaniyasi Meyvezerni sudga berdi va undan 2 mln dollar talab qilmoqda
Gap shundaki, 2017 yilning iyun oyida kompaniya Meyvezerni Nigeriya va Ganadagi tadbirlarga taklif qilgan. Xatto Floydga avans sifatida oldindan 210 000 dollar ham to'lagan. Bu tashriflar uchun bokschi 375 000 dollar gonorar so'ragan.
Meyvezer bu borada kompaniyaga video murojaat taqdim etib, tadbirlarda ishtirok etishini tasdiqlagan. Ammo, tadbirlarga bir necha kun qolganda Afrikaga borishdan bosh tortgan. Iyun oyining o'rniga dekabrda Nigeriyaga va Ganaga borishi va buning uchun endi 550 000 dollar gonorar to'lab berishlarini talab qilgan.
Boz ustiga avvaldan berilgan 220 000 dollarlik avansni qaytarmasligini ham aytgan. Bu holatda sabr kosasi bo'lgan Zinni Media kompaniyasi Floyd Meyvezerni sudga berdi va etkazilgan moddiy va manaviy zararni qoplash uchun 2 million dollar undirib berishlarini so'ragan.
Fikrlar