02 noy 15:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Nodirjon Mirzahmedov qozog'istonlik bokschiga qarshi jang oldidan: "Masuliyatni his qilib turibman"
Bugun Serbiyadagi jahon chempionatida chorak final janglari o'tkaziladi.
Bokschilarimizning bugungi ishtirokini -48 kg vaznli bokschimiz Nodirjon Mirzahmedov boshlab beradi. Biz bugungi jang oldidan bokschimizning fikri bilan qiziqdik.
"Bugungi qozog'istonlik raqibim tajribali bokschi hisoblanadi. U bilan avval ham to'qnash kelganman.
Oldimdagi masuliyatni his qilib turibman. Bu men uchun dastlabki jahon chempionati hisoblanadi va oldimda paydo bo'lgan imkoniyatdan maksimal ravishda foydalanmoqchiman.
Jangim orqali o'zbekistonlik boks muxlislarini xursand qilish istagidaman. Nasib qilsa, murabbiylarim ko'rsatmalarini to'liq bajaraman va g'alaba qozonib, O'zbekistonga oltin medal bilan qaytaman", - dedi Nodirjon Mirzahmedov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar