So’nggi yangiliklar

13:58UFC рейтинги янгиланди: Нолан Топ-10, Смит Топ-15`да 0 13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0 12:04Богдан Гусков: "Мақсад - нокаут!" 0 11:33Ўзбек спортчиси Жон Жонс ва Илия Топурия билан бир жамоада: "Бардак" АҚШдаги менежерлик компанияси билан келишувга эришди 0 11:02Chennai Open. Кудерметова муваффақиятли старт олди 0 10:31ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўйнайди 0 09:45Уиттакер Гусковнинг зарба кучини юқори баҳолади 0 08:52Ирода Тўлаганова Республика олимпия захиралари теннис мактабига директор этиб тайинланди 0 19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0

14 dek 16:20
Yangiliklar

Boks/MMA

Nodirjon Mirzahmedov: "Sanjar Tashkenbayning jahon chempioni ekanligi meni cho'chitayotgani yo'q"

Nodirjon Mirzahmedov ertaga, 15 dekabr kuni Qozog'istonda jahon chempioni Sanjar Tashkenbayga qarshi ringga ko'tariladi.

Olamsport.com sayti ushbu jang oldidan bokschimizga bir necha savol bilan murojaat qildi.

- Nodirbek, oz vaqt qolganida jangga rozi bo'ldingiz. Bu taklif qay tarzda bo'ldi?

- Bu taklif Xalqaro boks associaciyasi - IBAdan bo'ldi. Rossiya tomondan taklif bildirildi va biz rozi bo'ldik.


- Turnir kardini ko'rdik va u erda o'zbek bokschilari ichida faqat siz borsiz. Boshqa yurtdoshlarimizga takliflar bo'lmadimi? 

- Yo'q, 15 dekabr kuni Astanada o'tkaziladigan jang oqshomida o'zbekistonlik bokschilardan faqat men ringga ko'tarilaman.

- Sanjar Tashkenbay jiddiy raqib. Unga qarshi oldin ham jang o'tkazganmisiz?

- U bilan avval ham jang o'tkazganman. Bir marotaba. O'tgan yili Qozog'istonda o'tkazilgan xalqaro turnirda biz o'zaro to'qnash kelganmiz va o'shanda u 3:2 hisobida g'alaba qozongandi. 


- Tashkenbay jahon chempioni hisoblanadi. Uning bunday unvoni sizni cho'chitmaydimi? 

- Uning chempionligi meni cho'chitayotgani yo'q. Xudo xohlasa chiroyli boks tushamiz. Allohga shukr, biz ham Osiyoda chempion bo'lganmiz. Ruxiy tomonlama muammo umuman yo'q. Qarshimda bunday raqib turganidan havotirda emasman. Nasib qilsa, chiroyli boks tushib, g'alaba qozonaman", - dedi Nodirjon Mirzahmedov Olamsport.com saytiga bergan intervyusida.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing