So’nggi yangiliklar

15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0 14:15Трамполин бўйича Жаҳон чемпионатида олтин медаль қўлга киритилди! 0 13:44"Дакар-2026": уч боксчимиз иштирок этган Олимпиадада икки олтин қўлга киритилди ва тарихий натижа қайд этилди 0 13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0 12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0 12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0 11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0 10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0

19 iyu 07:12
Yangiliklar

Boks/MMA

Ommaviy sport saylida bu safar bokschilar javlon urishdi

Xabaringiz bor, Milliy olimpiya qo'mitasi so'nggi paytlarda respublika sport federaciyalari bilan hamkorlikda sport sayllarini o'tkazib kelmoqda.

Aholi orasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, yoshlar orasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish maqsadida tashkil etilayotgan mazkur sayllar shu kungacha velosport, taekvondo WTF, gandbol, karate kabi sport turlaridan o'tkazilgandi.

Kuni kecha mamlakatimizda eng ommaviy sport turlaridan biri sanalgan boks bo'yicha ham ana shunday sport bayramiga asos solindi. Bugungi kunda sportning ushbu turiga yoshlarni yanada qiziqtirish, rivojlantirish va ommaviylikni oshirish yo'lida talay ishlar amalga oshirilmoqda. 

Bu borada Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston boks federaciyasi tomonidan viloyatlarda bir qator tadbirlar tashkil qilindi. Jumladan, Namangan, Xorazm, Farg'ona, Sirdaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida yosh sportchilar uchun musobaqalar, master-klasslar o'tkazildi. Ushbu tadbirlar minglab yoshlarimizni qamrab oldi.

Albatta, mana shunday tadbirlar bolakaylarni sportga qiziqtirish yo'lida katta ahamiyatga ega. Zero, Olimpiya va Osiyo o'yinlari g'oliblari, jahon va qita chempionlari ham o'z vaqtida ana shu yo'l orqali katta sportga kirib kelishgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing