06 iyu 11:57
Yangiliklar
![](/upload/storage/41524_220.jpg)
O'zbek boksi yulduzlari yosh avlodni sportga qiziqtirmoqdalar
SHuningdek, O'zbekiston boks federaciyasi ham bu borada keng qamrovli ishlar olib bormoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Yunusobod tumanida joylashgan 304 va 519-maktabgacha talim muassasalarida yurtimizning etakchi charm qo'lqop ustalari Isroil Madrimov, Sanjar Tursunov, Mahmud Gaipov va SHunqor Abdurasulovlar ishtirokida o'tkazildi.
Unda boksimiz yulduzlari jajji bolajonlarimiz bilan uchrashishdi. Tadbir davomida ular maktabgacha talim muassasalari tarbiyalanuvchilari bilan muloqotda bo'lishdi va master-klass namoyish etib berishdi. Bolajonlar bokschilar ishtirokidagi mashqlarni maroq bilan tomosha qildilar.
Tadbir yakunida bokschilarimiz O'zbekiston boks federaciyasi nomidan bolakaylarga esdalik sovg'alarini topshirishdi.
Fikrlar