19 mar 18:01
Yangiliklar
Qishki sport turlari
O'zbekiston Rossiyadan yana 2 nafar figurali uchuvchini mahalliylashtirdi
Figurali uchish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi 2 nafar sportchi bilan boyidi.
Yoshlar toifasidagi musobaqalarda ishtirok etib kelayotgan rossiyalik Samir Temergalin, shuningdek, Elizaveta Grashenkova endi O'zbekiston sharafini himoya qiladi.
Bu haqda rus OAVlari xabar berdi.
Har ikki sportchi yakkalik yo'nalishida bahs olib boradi.
16 yashar Elizaveta Grashenkova Smirnova Team azosi. Qizig'i, sportchiga terma jamoamizning juftlik yo'nalishidagi sobiq azosi Dmitriy CHigiryov murabbiylik qiladi. U joriy haftada xalqaro maydonda debyut qildi. O'zbekiston nomidan qatnashgan Coupe du Printemps 2026 turnirida Elizaveta ikkinchi o'rinni egalladi.



13 yoshli Samir Temergalin esa Eteri Tutberidzening jamoasida shug'ullanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar