11 jan 17:52
Yangiliklar
O'zbekistonlik Osiyo o'yinlari g'olibasi Tatyana Malininaning o'g'li juda katta tafovut bilan AQSH chempioni bo'ldi!
SHu tariqa, Ilya to'rt karra AQSH chempioniga aylandi. U O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi, Osiyo o'yinlari g'olibi va sovrindori, To'rt qita chempionati chempioni, 28 yanvar kuni 53 yoshga to'ladigan hamyurtimiz Tatyana Malininaning o'g'li hisoblanadi.
Ilya Malining ikki dastur natijalariga ko'ra 324,88 ball to'plab, AQSH chempioniga aylandi. Kumush medal 267,62 ball to'plagan Endryu Torgashevga nasib etgan bo'lsa, Maksim Naumov 249,16 bilan bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Figurali uchish bo'yicha AQSH chempionati. Sent-Luis. Erkaklar. Yakuniy jadval:
1. Ilya Malinin — 324,88.
2. Endryu Torgashev — 267,62.
3. Maksim Naumov — 249,16.
4. Jeykob Sanches — 249,07.
5. Tomoki Xivatashi — 247,24.
6. Liam Kapeykis — 235,13.
7. Daniel Martinov — 229,95.
8. Jeyson Braun — 227,52.
9. Lusius Kazaneki — 227,07.
10. Kay Kovar — 225,75.
11. Jimmi Ma — 225,71.
12. Lorenco Elano — 213,34.
13. Goku Endo — 203,42.
14. Maykl Si — 196,78.
15. Samuel Mindra — 190,04.
16. Emmanuel Savari — 188,14.
17. Uill Ennis — 175,80.
18. Ken Mikava — 145,91.

Fikrlar