So’nggi yangiliklar

15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0 14:15Трамполин бўйича Жаҳон чемпионатида олтин медаль қўлга киритилди! 0 13:44"Дакар-2026": уч боксчимиз иштирок этган Олимпиадада икки олтин қўлга киритилди ва тарихий натижа қайд этилди 0 13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0 12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0 12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0 11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0 10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0

01 noy 13:10
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari

O'zbekistonlik sportchi 2022 yilgi qishki Olimpiya o'yinlariga ilk yo'llanmani qo'lga kiritdi

Teglar :  Komiljon To'xtaev
O'zbekistonlik chang'ichi Komiljon To'xtaev 2022 yilda Pekinda bo'lib o'tadigan 24-qishki Olimpiya o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritdi, deb xabar qildi O'zbekiston chang'i federaciyasi.

Sportchi saralash bahslarida ochkolar miqdori bo'yicha ko'rsatkichlari doirasida “slalom” va “gigant slalom” yo'nalishlari bo'yicha belgilangan meyorlarni bajarib, 2022 yilgi Olimpiadada ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

“Sportchining xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishiga Federaciya tomonidan saralash davridan boshlab strategik rejalashtirish va “Yangiobod” turistik bazasi tomonidan moliyaviy ko'mak ko'rsatilayotgani hissa qo'shdi», – dedi federaciya rahbariyati.

CHang'i federaciyasi 2022 yilgi Qishki Olimpiada o'yinlariga to'rt nafar sportchi (2 ta asosiy va 2 ta zaxira) o'quv-mashg'ulot yig'inlari va saralash musobaqalari uchun o'quv dasturini tasdiqladi. Dastur Turizm va sport vazirligi tomonidan moliyalashtirildi. O'quv-mashg'ulot yig'inlari Italiya, Avstriya va Rossiyada bo'lib o'tyapti.

O'zbekiston Xalqaro olimpiya qo'mitasi qoidalariga ko'ra, hozircha tog' chang'isi bo'yicha 2 kvota (1 ayol, 1 erkak) olishi mumkin.

Saralash davri 2019-yil 1-iyuldan 2022-yilning 16-yanvarigacha davom etadi. Mamlakatimiz 2022 yilgi qishki Olimpiya o'yinlariga yana bir yo'llanmani qo'lga kiritishi mumkin.

“O'zbekiston chang'i sportining boshqa turlari – snoubord, fristayl, ski-kross, chang'i yugurish turlari bo'yicha yana bir qancha yo'llanmanlarni olish imkoniyatiga ega. Federaciyaning chang'i sportini rivojlantirish bo'yicha takliflari avvalroq tayyorlanib, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi hamda Turizm va sport vazirligiga taqdim etilgan”, — deyiladi federaciya rahbariyati xabarida.

Sportchilar Komiljon To'xtaev va Kovaleva Valeriya XOQ “Olimpiya birdamligi” stipendiyasini olishadi. Olimpiada birdamligi butun dunyo sportchilariga O'yinlarda qatnashish imkoniyatini beradi. Ehtiyojga muhtoj sportchilarga oylik tayyorgarlik granti hamda Olimpiya o'yinlari saralash musobaqalarida qatnashish uchun sayohat subsidiyalari to'lanadi.

Bundan tashqari, ananaga ko'ra yozgi Olimpiya o'yinlariga yo'llanmanlarni olgani uchun davlat tomonidan sportchiga 100 million so'm, murabbiyga esa 50 million so'm mukofot puli ajratiladi.

“Afsuski, bu amaliyot faqat yozgi Olimpiya o'yinlariga tegishli. Qishki Olimpiya o'yinlariga yo'llanmanlarni qo'lga kiritganlik uchun bunday rag'batlantiruvchi mukofotlar to'lansa, adolatdan bo'lardi», - deya taklif qildi federaciya.

Qishki Olimpiya o'yinlari Pekinda 2022 yilning 8-20 fevral kunlari bo'lib o'tadi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing