12 fev 14:58
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari
Pekin-2022. Kunning navbatdagi oltin medali mezbon sportchida!
Qishki Olimpiya o'yinlarining navbatdagi kungi bellashuvlari davom etmoqda.
Biroz avval erkaklar o'rtasidagi konkida yugurish musobaqasida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi. 500 metr masofaga o'tgan bahslarda xitoylik Tinyuy eng yaxshi natija bilan Olimpiada chempioniga aylandi.
U belgilangan masofani 34,32 soniyada bosib o'tdi. Bu bilan Tinyuy olimpiada rekordini ham yangiladi. Ushbu dasturda kumush medalga koreyalik CHa Min Kyu ega chiqdi. U Tinyuyga 0,07 soniya vaqt yutqazdi. Bronza medaliga esa yaponiyalik Vataru Morisige (+0,17) ega chiqdi.
Konkida yugurish. Erkaklar. 500 m.
1. Gao Tinyuy (Xitoy) – 34,32.
2. CHa Min Kyu (Janubiy Koreya) +0,07.
3. Vataru Morisige (Yaponiya) +0.17...
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar