24 iyu 11:53
Yangiliklar
![](/upload/storage/40893_220.jpg)
Postol chempionlik kamari uchun jangda mag'lub bo'ldi
Oqshomning markaziy jangida birinchi yarim o'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Viktor Postol (29-2, 12KO) shotlandiyalik 27 yoshli Josh Teylor (13-0, 11KO)ga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang 63,5 kg vazn toifasida o'tkazilib, unda Teylor o'z muxlislari ko'z o'ngida WBC Silver chempionlik kamari sohibiga aylandi. O'n ikki raundga mo'ljallangan jang g'olibi hakamlar qaroriga ko'ra aniqlanib, unda Josh 118-110, 119-108 va 117-110 hisobida zafar quchdi. Postol 10-raundda nokdaun holatiga tushib qoldi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yili ukrainalik 34 yoshli Postol Kiev shahrida hamyurtimiz Jamshid Najmiddinovga qarshi jang o'tkazgan edi. O'sha jangda Postol ikki bor (birida chuqur) nokdaun holatiga tushib qolgan bo'lsa-da, yakunda hakamlar g'alabani mezbon bokschiga taqdim etishgandi.
Fikrlar