10 iyu 14:49
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/40156_220.jpg)
“Prezident kubogi”. SHunqorda kumush, hakamlar yana katta sahnada
Qozog'istonda boks bo'yicha nufuzli “Prezident kubogi” turniri davom etmoqda.
Bugun musobaqaning hal qiluvchi final janglari o'tkazilyapti. Finalga etib kelgan uch bokschimizdan biri SHunqor Abdurasulov hozirgina o'z jangini yakunladi.
-60 kg vazn toifasidagi yurtdoshimiz rossiyalik Gabil Mamedovga qarshi ringga ko'tarildi. Abdurasulov jang davomida ustunlikka ega bo'lishiga qaramay, hakamlar yakunda Mamedovni g'olib deb topishdi. SHunqor kumush medal bilan taqdirlanadigan bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar