So’nggi yangiliklar

19:05Эртага 9 нафар боксчимиз Хитойдаги жаҳон кубогида жанг қилади 0 18:35Конор Макгрегор: "UFC'да қолишимга умид қиламан" 0 17:24Беҳруз Каримов Луис Диасни зарарсизлантириш, узоқ масофадан зарба ва бошқа масалалар ҳақида 0 16:48Перейра Ган билан жанг учун апелляция беришдан воз кечди. У реванш истамоқда 0 15:21"Шара Буллет ҳеч қачон UFC чемпиони бўлмайди" - Царукян 0 14:39Алекс Перейра навбатдаги жангини қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0 13:13Колумбия бош мураббийи Ўзбекистонга қарши учрашувдан сўнг нималар деди? 0 12:36UFC 330 турнири учун иккинчи чемпионлик жанги эълон қилинди 0 11:17Жаҳон кубоги. Феруза Казакова Хитойдаги юришини муваффақиятли бошлади 0 10:44Алекс Перейра оғир вазнда қоладими? Унинг ўзи жавоб берди 0 10:16Фабио Каннаваро: "Хатолар бўлди, улар устида ишлаймиз" 0 09:02ЖЧ-2026. Колумбияга қарши тарихий ўйинда имкониятни бой бердик 0 07:33P4P UFC рейтинги янгиланди: Рўйхатда икки янги ном 0 06:56Каннаваронинг Колумбияга қарши жангчилари: Диасга қарши 18 ёшли Каримов ва марказдаги универсаллик 0 06:31Топуриянинг техник нокаутдан кейинги айтган илк сўзлари маълум бўлди 0

09 iyu 09:41
Yangiliklar

Boks/MMA

Professional boks. O'zbekiston chempionatida kuchlilar saralanmoqda + FOTO

Teglar :  Boks
Xabaringiz bor, 7 iyul kuni Andijon viloyati Xonobod shahri ilk bora o'tkazilayotgan professional bokschilar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati yarim final baxslarining dastlabkasiga mezbonlik qildi.

Asosiy jang oqshomidan avvalgi kuni vazn o'lchash marosimi va ochiq mashg'ulotlar o'tkazildi. SHuni alohida takidlab o'tish lozimki, yarim final baxslari bilan bir qatorda o'rtoqlik janglari uchun Ozarbayjon va Qozog'istondan ham professional charmqo'lqop ustalari  taklif etildi. SHuning uchun, maxalliy muxlislar va qo'shni viloyatdan tashrif buyurganlar uchun ham ushbu jang kechasi katta qiziqish uyg'otdi. Qolaversa, Xonobod shahri hokimiyati va Andijon viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan tashkilotchilik yuqori saviyada yo'lga qo'yildi. Xonobod shahri hokimi tomonidan mexmon bokschi va murabbiylarga zarbof chopon kiydirilib, o'ziga xos esdalik sovg'alari ham taqdim etildi. Bir so'z bilan aytganda ushbu jang oqshomi barchada katta taassurot qoldirdi. SHu o'rinda tashkilotilik uchun, Xonobod shahri hokimiyati jumladan Musoxon Mamadalievga, jismoniy tarbiya va sport bosharmasi mutasaddilariga hamda tajribali murabbiy, professional boks Federaciyasi bosh direktori Nabijon Ismonovlarga O'zbekiston professional boks Federaciyasi nomidan o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Dastlab  o'rtoqlik janglari o'tkazildi. Ringa birinchi bo'lib, 61 kg vazn toifasida mezbon Abdulaziz Najmiddinov hamda qashqadaryolik SHohrux Xikmatullaevlar ko'tarildi. Ushbu jangda texnik nokaut bilan Abdulaziz Najmiddinov g'alaba qozondi. 69 kg vazn toifasida Ozarbayjondan tashrif buyurgan Roman Zakirov Toshkent shahri vakili Ibroxim Nazirbaevga qarshi jang olib bordi. Murosasiz o'tgan qarama qarshilikda o'rtoqlik uchrashuvga xos tarzda durang qayd etildi. 76 kg vaznda esa, yana bir mexmon bokschi qozog'istonlik Seylxan Quralboev yana bir toshkentlik tajribali murabbiy Zufar Sulaymonov shogirdi Ravshanbek Maxammadjonovga qarshi jang olib bordi. Ushbu jangda hamyurtimiz Ravshanbek yaqqol ustunlik bilan g'olib chiqdi.

Asosiy yarim final qarama-qarshiliklari  ham shiddatli kechdi. 10 ta vazn toifasida 6 raunddan iborat bo'lgan janglarning 50 kg vazn toifasida andijonlik SHahzodbek SHarobiddinov, 53 kgda Nurjan Serikov(Navoi), 57 kgda Beksulton Raushanov(Toshkent vil), 61 kgda Burgut Xojiboev (Namangan), 63 kgda Abdurasul Ismoilov (Xorazm), 66 kgda Muxammadsalim Sotiboldiev (Toshkent shahri), 69 kgda Muzaffar Rashidov (Surxondaryo), 76 kgda Rajabboy Atanazarov (Xorazm), 79 kgda SHaxzod Mauzerov (Surxondaryo), so'ngi +90 kg vazn toifasida Renat Raximov (Qoraqalpog'iston)lar g'alaba qozonib, final bahslariga yo'l olishdi.

Eslatib o'tamiz, yarim final bellashuvlarining navbatdagisi 14 iyul kuni Samarqand shahrida bo'lib o'tadi.

O'zbekiston professional boks federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing