So’nggi yangiliklar

15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0 14:15Трамполин бўйича Жаҳон чемпионатида олтин медаль қўлга киритилди! 0 13:44"Дакар-2026": уч боксчимиз иштирок этган Олимпиадада икки олтин қўлга киритилди ва тарихий натижа қайд этилди 0 13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0 12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0 12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0 11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0 10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0

06 fev 13:29
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari

Qishki sport turlarini rivojlantirishda Rossiya Olimpiya qo'mitasi bilan hamkorlik qilinadi

Ayni paytda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov xizmat safari bilan Rossiya Federaciyasining Moskva shahrida bo'lib turibdi.

Safardan ko'zlangan maqsad yurtimizda qishki sport turlarini rivojlantirishda ushbu mamlakat bilan hamkorlik qilish borasida Rossiya Olimpiya qo'mitasi (ROQ) va Qo'mita Innovacion markaz rasmiylari bilan muzokaralar olib borishdir.

Oybek Kasimov safar davomida dastavval ROQ Bosh direktori Vladimir Sengleev bilan uchrashdi. Ushbu suhbat davomida terma jamoalarimizni ham yozgi, ham qishki Olimpiya o'yinlariga tayyorlash borasida hamkorlikni yanada chuqur yo'lga qo'yish, sohadagi yutuqlar bilan baham ko'rish kabi masalalar muhokama qilindi.

Sentyabr oyida MDH va Boltiqbo'yi davlatlari Olimpiya qo'mitalarining navbatdagi forumi o'tkazilishi rejalashtirilgan. Tashrif davomida mazkur tadbirni O'zbekistonda tashkil qilish orqali unga xorijlik martabali mehmonlar va rasmiy shaxslarni yurtimizga taklif qilish bo'yicha ijobiy kelishuvga erishildi. Muzokarada tomonlar bo'lajak forum dasturini uning doimiy koordinatori Yuriy Yurev shakllantirishi borasida kelishib oldilar. SHuningdek, rossiyalik mutaxassis MOQ rahbarlarining O'zbekiston poytaxtida bo'lib o'tadigan sammitini moliyaviy qo'llab-quvvatlash masalalarini muhokama qilish uchun XOQning Olimpiya birdamligi loyihasi bilan muzokara olib boradi.

Oybek Kasimov Rossiya Qishki sport turlari associaciyasi raisi Vladimir Kojin bilan uchrashuv davomida O'zbekiston tomonining yurtimizda qishki sport turlarini rivojlantirish bilan jiddiy shug'ullanish niyatida ekanligi, buning uchun hukumatimiz tomonidan katta etibor qaratilayotganini malum qildi. Takidlash joiz, bu borada avvalambor, xokkey, short-trek, figurali uchish va tog' chang'isi sport turlarini rivojlantirish rejalashtirilmoqda. Malumki, 2025 yil O'zbekistonda yoshlar Osiyo o'yinlari bo'lib o'tadi. Musobaqaga tayyorgarlik jarayonida ko'p tarmoqli sport inshootlarini qurish dasturi ishlab chiqilgan.

Rossiyalik mutasaddilar qishki sport turlarini mamlakatimizda rivojlantirish bo'yicha o'zbekistonlik murabbiylar va mutaxassislar bilan tajriba almashish, keng qamrovli amaliyotni tashkil etish, vakillarimizni Rossiya Xalqaro Olimpiya universitetida o'qitish orqali yordam ko'rsatishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Do'stona o'tgan uchrashuv yakunida Oybek Kasimov mutasaddilarga samimiy qabul uchun tashakkur aytib, o'zaro sovg'a almashishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing