01 iyu 10:21
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/41220_220.jpg)
Ramires chempionlik kamarini to'rtinchi marotaba himoya qildi
Bizning vaqt bilan bugun tongda AQSHda navbatdagi professional boks kechasi tashkil etildi.
Oqshomning qiziqarli janglarining birida ikkinchi o'rta vazn toifasida WBO chempioni Gilberto Ramires o'z kamarini munosib tarzda himoya qildi. Meksikalik chempionning raqibi reytingda 8-o'rinni egallab turgan kolumbiyalik Roamer Aleksis Angulo bo'ldi.
O'n ikki raundga mo'ljallangan chempionlik jangi g'olibi ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi. Hakamlar bir ovozdan 119-109, 120-108, 119-109 hisobida Ramiresning g'alabasini taminlashdi. Bu bilan Gilberto to'rtinchi marotaba chempionlik kamarini himoya qildi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar