So’nggi yangiliklar

21:15Яна бир ғалаба: Фазлиддин Эркинбоев илк босқичда Қирғиз Республикаси боксчисидан устун келди 0 19:08Асилбек Жалилов ҳам Жаҳон чемпионатини ғалаба билан бошлади 0 18:24ЖЧ-2025: Абдумалик Халоков иштирокидаги жанг ўтказилмайдиган бўлди 0 17:33"Бивол жангдан қочса, яна бир камардан маҳрум бўлади" - промоутер 0 17:12"Мен яхшироқман". Двалишвили реваншда Янни техник нокаут билан енгиши мумкинлигини айтди 0 16:51Португалиянинг ЖЧда Осиё жамоаларига қарши статистикаси қандай? 0 16:30Сув полоси: Ўзбекистон кубоги соҳиблари аниқланди 0 16:09Конор Макгрегор Ислам Махачевга қарши жангга тайёр 0 15:48Хабибнинг жамоасидаги енгилмас жангчи PFLда дебют қилади 0 15:27"Манчестер Сити" етакчиси "Реал"га қарши ўйнамаслиги мумкин 0 15:06Ўзбекистон тажрибаси FISU томонидан халқаро даражада эътироф этилди 0 14:45Тошкент Asia Auto Gymkhana Championship 2025 финалига тайёргарлик кўрмоқда 0 14:24Пётр Ян ва Мераб Двалишвилининг жанг учун гонорарлари маълум 0 14:03Йозеф Блаттер: "Саудия Арабистони дунё футболини бошқармоқда" 0 13:42Бугун Абдусатторов London Chess Classic блиц турниридаги иштирокини бошлайди 0

06 fev 18:24
Yangiliklar

Qishki sport turlari

Rasman: “Humo arena” sport saroyi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

Teglar :  Figurali uchish
Poytaxtimizda joylashgan muhtasham “Humo arena” ko'p tarmoqli muz saroyi 2022 yilda figurali uchish bo'yicha o'smirlar o'rtasida jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Bu haqda O'zbekiston qishki sport turlari assocaciyasi raisi Hakim To'laganov malum qildi. Ushbu nufuzli musobaqaga munosib hozirlik ko'rishni taminlash maqsadida Xalqaro konkichilar ittifoqi (ISU) “Humo arena” sport saroyiga yana ikkita nufuzli musobaqani ishonib topshirdi.

Dastlab, joriy yilning 27 avgust va 12 sentyabr kunlari figurali uchish bo'yicha o'smirlar o'rtasida xalqaro Gran-pri musobaqasi o'tkaziladi. Ushbu musobaqada jami 27 ta davlatdan 300 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

SHuningdek, 2021 yilda ham figurali uchish bo'yicha “Humo arena” ko'p tarmoqli muz saroyida o'smirlar o'rtasida yana bir yirik turnir tashkillashtiriladi. Bu gal poytaxtimizda to'rt qita birinchiligi musobaqasi o'tkazilishi belgilangan.

Keyingi yilning avgust va sentyabr oylarida o'tishi kutilayotgan turnirda Osiyo, Evropa, Amerika va Avstraliya qitalarining iqtidorli sportchilari g'oliblik uchun muzga chiqishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing