19 iyu 09:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman. To'rtta kamar uchun Usik - Gassiev jangi qaerda va qachon o'tishi malum!
Butunjahon boks super seriyasi (WBSS) doirasidagi birinchi og'ir vazn toifasidagi final jangining qaerda va qachon o'tkazilish masalasiga oydinlik kiritildi.
Unga ko'ra, to'rtta jahon chempionlik kamari uchun kechadigan final jangiaga 21 iyul kuni Moskva shahridagi “Olimpiyskiy” arenasi mezbonlik qiladi. Jang tashkilotchilari rasman bu haqda bayonot berishdi.
Final jangida WBC va WBO yo'nalishlari chempioni ukrainalik 31 yoshli Aleksandr Usik WBA (Super) hamda IBF chempionlik kamarlari sohibi rossiyalik 24 yoshli Murat Gassievga qarshi ringga ko'tariladi. Jang g'olibi mutloq jahon chempioniga aylanadi.
Havola :
Fikrlar