30 iyu 08:19
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/41149_220.jpg)
Rasman. WBSS 6ta chempionlik kamari uchun kechadigan jang manzili va kunini tasdiqladi
Butunjahon boks Superseriyasi (WBSS) tashkilotchilari birinchi og'ir vazn toifasidagi chempionlik jangining o'tkazilish kun sanasi hamda manzilini rasman tasdiqlashdi.
Oltita chempionlik kamari uchun kechadigan jangda WBC va WBO yo'nalishlari chempioni ukrainalik Aleksandr Usik WBA hamda IBF chempionlik kamarlari sohibi rossiyalik Murat Gassievga qarshi ringga ko'tariladi.
SHuningdek, g'olib bokschiga IBO hamda The Ring jurnalining chempionlik kamari ham topshiriladi. Ushbu jang oldindan rejalashtirilganidek, 21 iyul kuni Moskva shahrida o'tkaziladi. Bu haqda kecha tashkilotchi kompaniya - Comosa AG rasmiylari xabar berishdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar