So’nggi yangiliklar

14:15Трамполин бўйича Жаҳон чемпионатида олтин медаль қўлга киритилди! 0 13:44"Дакар-2026": уч боксчимиз иштирок этган Олимпиадада икки олтин қўлга киритилди ва тарихий натижа қайд этилди 0 13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0 12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0 12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0 11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0 10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0 08:03Фабио Каннаваро: "Ҳисоб 2:0 пайти "моторни ўчириб қўйдик". Футбол баъзида бешафқат эканини тушунишимиз керак" (Тўлиқ матбуот анжумани) 0 07:32Дана Уайт Двалишвили ва Нурмагомедовни қоралади: "Аҳмоқлар!" 0 07:01Алимханули Канело билан эҳтимолий жангга муносабат билдирди 0

20 may 11:13
Yangiliklar

Futbol

Ravshan Haydarov U-20 Jahon chempionatidan oldin: "Yigitlarning ishtiyoqi baland"

Teglar :  Ravshan Haydarov
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov U-20 Jahon chempionati oldidan jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Tayyorgarlik haqida:
Osiyo chempionatidan keyin yaxshi yig'inlar o'tkazishga erishdik. Xususan, Ispaniyadagi yig'inda Braziliya, Dominikan Respublikasi va Gibraltarga qarshi uchrashuvlar o'tkazdik. Keyinchalik reja asosida jismoniy tayyorgarlik, taktik ishlanmalar bo'yicha ish olib bordik.

JCH tashkilotchiligi haqida:

Tashkilotchilik haqida ijobiy fikrdaman. Biz turgan shaharcha biroz kichikroq, lekin eng asosiysi maydonlarning holati yaxshi.

Tarkib haqida:

Turdimurodovni yangi deb bo'lmaydi, u ko'plab yig'inlarimizda ishtirok etgan. Ayni paytda u o'zining yaxshi formasida. Hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida uni jalb etganmiz. Avvalgi yig'inlarda barcha futbolchilarga imkoniyat berildi, kim o'zini yaxshi ko'rsatgan bo'lsa, o'shani tarkibga kiritdik.




Argentina haqida:

Argentina bilan o'tgan yili ham o'ynaganmiz. Ularni so'nggi o'yinlarini tahlil qildik, kuchli va kuchsiz tomonlarini o'rgandik va shunga yarasha tayyorgarlik olib bormoqdamiz.

Kuchli raqib, nom yuzasidan hech qanday bosim yo'q. CHunki biz nafaqat Argentina, balki Urugvay, Braziliya ham bilan o'ynab, etarlicha tajriba to'pladik. SHu o'rinda tayyorgarlik jarayonida kuchli raqiblar bilan o'yinlar tashkil etgani uchun rahbariyatga va xalqaro aloqalar bo'limi mutaxassislariga minnatdorchilik bildiraman.

Jamoa oldiga qo'yilgan maqsad haqida:

Avval ham Jahon chempionatlarida ishtirok etganmiz. SHu sababli oldimizga oliy maqsadni qo'yganmiz, qolaversa, avvalgi ishtiroklarimizdagi natijalarimizni yaxshilashni ham maqsad qilganmiz. Bolalarning ishtiyoqi baland, ularda o'zlariga nisbatan ishonch bor. O'ylaymanki, Jahon chempionatiga tayyormiz.

Biz hozir olisdamiz, shu sababli muxlislarimizning qo'llab-quvvatlashlariga ehtiyoj sezamiz. Xalqimiz oynayi jahon orqali bizni ko'rib turganini albatta his qilamiz, ularning duolari biz uchun muhim.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing