16 dek 20:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Sanjar Tashkenbay Nodirjon Mirzahmedov haqida: "Raqibim oddiy bokschi emasdi"
Qozog'istonlik jahon chempioni Sanjar Tashkenbay Nodirjon Mirzahmedovga qarshi jangdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Eslatib o'tamiz, ushbu jangda Tashkenbay 6 raundlik jang yakuniga ko'ra ochkolar evaziga g'alabaga erishdi.
"Xudoga shukrki, 6 raundda g'alabaga erishdim. Men uchun bunday darajadagi ilk jang edli. Oson bo'lmadi, og'ir bo'ldi. Ammo murabbiylarim taktikasi sabab g'alabaga erisha oldim. Endi dam olamiz va katta janglarga tayyorgarlik ko'ramiz.
Raqibim oddiy bokschi emasdi, 1994 yilda tug'ilgan. Anchadan beri jang qiladi, katta musobaqalarda ishtirok etgan. Ammo men yosh va oyoqdagi tezkor harakatlar evaziga g'alaba qozondim.
Muxlislar qo'llab-quvvatlovi ham ajoyib bo'ldi. Oilam va do'stlarim keldi. Qo'llab-quvvatlov men uchun muhim edi", - dedi Tashkenbay.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar